Siyosat

dayjest

O‘zbekiston TIV Braziliya va Xitoydagi suv toshqinlari yuzasidan hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Braziliya va Xitoyda yuz bergan suv toshqinlari munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. 29-aprel kuni boshlangan yomg‘irlar sababli Braziliyada 29 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi bedarak yo‘qolgan. Xitoyda esa yuz minglab aholi evakuatsiya qilingan.


dayjest

O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi. Bu haqdagi hujjat Nyu-Yorkda imzolandi.


dayjest

Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda mamlakat elchixonasining yangi binosi ochildi.


Iqtisodiyot

dayjest

Energetika vaziri — O‘zbekistonning gaz transport tizimini modernizatsiya qilish zarurati haqida

Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazeta.uz"ga mamlakatning magistral gaz tizimini modernizatsiya qilishga bo‘lgan zarurat yuzasidan izoh berdi. Avvalroq Rossiyadan gaz importini oshirish uchun modernizatsiya ishlariga 500 mln dollar sarflash reja qilinayotgani haqida xabar berilgandi.


dayjest

OPEK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratdi

OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish uchun 20 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘lar bog‘chalarni qurish, modernizatsiya qilish va o‘rinlar sonini oshirish imkonini beradi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining 4 ta ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi doirasida kapital bozorini rivojlantirish, mas’uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish va investorlar bilan ishlashni raqamlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi.


dayjest

Toshkentda AQShning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida biznes forum o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev tarkibiga Air Products, CNH Industrial va Silverleaf kompaniyalari rahbarlari kiruvchi AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Amerika tadbirkorlarining O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish rejalari muhokama qilindi.


dayjest

Global uglerod chiqindilarining taxminan 20−30 foizi savdo va ta’minot zanjirlari bilan bog‘liq — OTB

Savdo Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sishga sezilarli hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, karbonat angidrid chiqindilarini ham oshirdi, deydi OTB. MO davlatlari dekarbonizatsiya va uglerod narxini belgilash bo‘yicha mintaqaviy siyosatni muvofiqlashtirishi kerak, — deb ta’kidladi bank ekspertlari.


dayjest

Toshkent viloyatida texnopark qurishga Xitoy kompaniyalari jalb etiladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning CAMCE, Goldwind, China Southern Power Grid va Holley Group kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda Toshkent viloyatida texnopark qurish va loyihaga Xitoy kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.


dayjest

OPEK jamg‘armasi va O‘zbekiston 500 mln dollarlik shartnoma imzoladi

OPEK jamg‘armasi va O‘zbekiston o‘rtasida besh yillik hadli bitim imzolandi, unga ko‘ra, mamlakatning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratiladi.


dayjest

Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi Andijon aeroportini rekonstruksiya qilish va boshqarish istagida

Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi Andijon xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish va kelgusida boshqarishga qiziqish bildirdi.


dayjest

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

P️rezident to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni belgiladi. Jumladan, ayrim import xomashyolar 2027-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi. Yuqori toifadagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Made in Uzbekistan brendi ostida milliy mahsulotlar do‘konlari tashkil etiladi.


Jamiyat

dayjest

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatiladi.


dayjest

Migratsiya agentligi Rossiyaga kirishda o‘zbekistonliklarga to‘sqinlik qilinayotganini rad etdi

Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.


dayjest

Toshkentda ustiga daraxt qulagan 1 yoshli qiz halok bo‘ldi

Chilonzor tumanida enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan 1 yoshli qizning ustiga daraxt quladi. Oqibatda bola voqea joyida halok bo‘ldi.


dayjest

148-o‘rin: O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘ona pastladi

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 2023-yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “murakkab"dan “juda jiddiy” bosqichga o‘tdi.


dayjest

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.


dayjest

“Kvartplata"dan qarzdorlarni elektrdan uzish reja qilinmoqda. U qachon va nima uchun amalga oshiriladi?

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata"dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.


dayjest

“Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga qamaldi

Toshkentda “Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan, dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hibsga olingan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.


dayjest

Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi

1-maydan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilindi.


dayjest

“Eski jo‘va” bozorida 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketganlikda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi ushlandi

Toshkent shahri “Eski jo‘va” bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 49 million so‘mlik tilla buyumlar o‘g‘irlab ketishda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi qo‘lga olindi.


dayjest

Toshkent viloyatida erkak 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

“Chirchiq shag‘al saralash” korxonasi direktori Yuqori Chirchiq tumanidagi g‘alla va chorvachilik uchun ajratilgan 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U 40 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganida qo‘lga tushdi.


dayjest

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Toshkentda ko‘chadagi qizga bezorilik qilib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi

Toshkentda “tanishib, keyin turmush qurish” maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga teginib, qarshilik ko‘rsatganida, yuziga urdi. Jabrlanuvchi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun unga eng qattiq jazoni berishni so‘radi. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


dayjest

Nega O‘zbekistonda “kvartplata"larning minimal miqdori joriy etilmoqda?

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nega ijara haqining eng kam miqdori joriy etilganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar boshqaruv organi minimal tarifdan past miqdorni belgilasa, uyni tegishli holatda saqlab turolmaydi.


Madaniyat

dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (4−5-may)

To‘qqizta kinopremyera, ko‘rgazmalar, jaz festivali, “Mo‘jizalar vaqti” yarmarkasi, “Benom” guruhi konserti, teatrlardagi spektakllar, bolalar uchun shou-dasturlar, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


Jahon

dayjest

Pushkinning noyob asarlari Yevropa kutubxonalaridan o‘g‘irlab ketilmoqda — NYT

So‘nggi 2 yilda Yevropa kutubxonalaridan rus yozuvchilari, asosan, Pushkinning 170 dan ortiq nodir asarlari o‘g‘irlandi, deb yozmoqda New York Times. Yo‘qolgan kitoblarning umumiy qiymati 2,6 mln dollardan oshadi. Aksariyat hollarda o‘g‘irlangan asarlar yuqori sifatli qalbaki nusxalar bilan almashtirib ketilmoqda.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!